#deputat_hududlarda
#deputat_faoliyatining_eng_muhim_yoʻnalishlari
🚧Tumanda yo‘l qurilishi ishlari amalga oshirildi
✅ Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi deputati N.Qiyomova tashabbusi bilan “Saidkent” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan birgalikda “Fuqarolar tashabbusi” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan “Qozoqrabot” qishloq ichki yo‘llari asfaltlashtirildi.
📌 Mazkur loyiha doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ichki yo‘llarning transport harakati uchun yanada xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
🛣 Ayni paytda qishloq ichki yo‘llari asfaltlashtirilib, yo‘l chetlarini betonlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
❇️ Ushbu ishlarning izchil amalga oshirilishi, mahalliy aholi bilan muntazam muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohaza va takliflari inobatga olindi.
♻️ Mazkur loyiha natijasida “Saidkent” mahallasidagi ichki yo‘llar holati yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.
🕊@gijduvon_tuman_kengash