Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_sorovi 📌 Toytuyoq mahallasidagi maktab muammosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati J.Mavlyanov tomonidan Toytuyoq mahallasida joylashgan 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududini devor bilan o‘rash masalasi yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

📝 Mazkur masala aholi va “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ko‘tarilib, maktab ma’muriyati hamda fuqarolar tomonidan bir necha bor murojaatlar kelib tushgan.

⚠️ O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki:

— maktab hududi orqali aholi tomonidan yo‘l sifatida foydalanilmoqda;

— chorva mollari maktab hududiga kirib, ekinzor va daraxtlarga zarar yetkazmoqda;

— maktab yonidagi to‘yxona tomonidan futbol maydoni avtoturargoh sifatida ishlatilmoqda.

📨 Deputat so‘rovida masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish va maktab hududini devor bilan o‘rash yuzasidan aniq taklif va choralar ko‘rish so‘ralgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1