Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔘 DEPUTAT MAHALLADA

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati D.Saidova tomonidan hududda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilayotgan tadbirlarning samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va kasb-hunarga yo‘naltirilgan tadbirlar, ularning yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham ko‘zdan kechirildi.

🔹Shu bilan birga, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1