Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

📌Sessiya ishida shahar Kengashi raisi va deputatlar, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sharoitini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.

🔻Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritildi:

🔸1. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2026 yil III choragi davomida Jizzax shahrini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasini taʼminlash holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

🔸2. Shahar hokimi birinchi o‘rinbosarining Jizzax shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, og‘ir toifaga kiritilgan “Sayhon” mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

🔸3. Shaharga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha 2026 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

🔸4. Jizzax shahrida Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish borasida 2026 yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.

🔸5. Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli dasturi ijrosi to‘g‘risida.

🔸6. Jizzax shahrining 2026 yil kuzgi mavsumi uchun «yashil dasturi»ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.

🔸7. Jizzax shahar mahalliy byudjetining 2026-yil moliya yili daromadlari va xarajatlari parametrlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

🔸8. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

🔸9. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha taklifni maʼqullash to‘g‘risida.

🔸10. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

🔸11. Xalq deputatlari shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

🔸12. Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv davomida aniqlangan ayrim masalalar to‘g‘risida.

🔸13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil22-iyundagi “KQ-360-V-sonli qarori ijrosini taʼminlash to‘g‘risida.

🔹Sessiya davomida masalalar yuzasidan mas‘ullar hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 11