Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bank faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi

#162_ta_qonun
Bank faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputati O.Dadajonova hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi yuzasidan “Xalq banki”ning Farg‘ona tumani filialida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bank faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bank xizmatlarining sifati, mijozlar murojaatlari bilan ishlash va qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad bank faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3