Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov, komissiya a’zosi N.Akbarova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugidagi 17-sonli umumta’lim maktabida olib borildi.

O‘rganish maktab direktori ishtirokida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimining sozligi, sinfxonalarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, issiqlik ta’minoti hamda mavsum davomida uzluksiz ta’lim jarayonini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash va sovuq kunlarda o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berishga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning bartaraf etilishi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 5