#24_ta_muhim_masala
Yangi Asr MFYda bolalar maydonchasi qurilishi ishlari boshlandi
Tuman Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, Yangi asr MFY hududidagi Mustaqillik shukronasi ko‘chasida bolalar maydonchasini qurish belgilangan edi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida hududda bolalar maydonchasi qurilishi ishlari boshlandi.
Qurilish jarayoni Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining 14-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati D.Karimov tomonidan nazoratga olindi. Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi, qurilish sifati hamda hududda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan qurilish ishlarining borishi va qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat ishlari davom ettiriladi.
⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz