Bandixon tumani “Gulbog'” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 20-sonli maktabda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida deputatlar tomonidan saylovchilarga o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyatiga doir qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.
Shuningdek, I.Xalmatov deputat sifatida xalqning muammolariga yechim topishda ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytib o‘tdi. U, shuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarga deputat tomonidan bevosita javob berildi va kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.