“Partiyaning dasturiy maqsadlarini saylovchilar o’rtasida keng targ’ib qilish bo’yicha” davra suhbati o’tkazildi.
О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsad va g‘oyalarini saylovchilarga keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 17-iyul kuni O’zbekiston XDP Boysun tuman Kengashi deputati O’ral Murodov tashabbusi bilan tuman Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashida partiyaning dasturiy maqsadlarini saylovchilar o’rtasida keng targ’ib qilish bo’yicha tashkilot va muassasa xodimlari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Uchrashuv avvalida deputat O’ral Murodov partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari va keyingi besh yil mobaynida amalga oshirilishi zarur bo'lgan rejalari tо‘g‘risida fikr bildirdi. Suhbat davomida saylovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Bu kabi targ’ibot tadbirlari keng doirada davom etadi.
✍️ О‘zbekiston XDP Boysun tuman Kengashi