Uchrashuv Shovot tumanidagi 38-umumta’lim maktabi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda 2-Bo‘yrachi saylov okrugi hududidagi Bo'yrachi va Bog'bon mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, ta'lim va tibbiyot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Deputat o‘zining 2025-yil boshidan buyon amalga oshirgan ishlari, hal etilgan muammolar va deputatlik nazoratiga olingan masalalar haqida saylovchilarga batafsil axborot berdi.
Uchrashuvda quyidagi muammolar ko‘tarildi:
▪️ Yo‘l va elektr tarmoqlaridagi muammolar
▪️ Yoshlar uchun sport maydonchasini qurish taklifi
▪️ Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari
Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishi rejalashtirildi.