Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Unda tuman Kengashining 10-Boboyurt saylov okrugidan saylangan deputati Eldor Erkaboyevning faoliyati doirasida “Deputat bilan bir kun” loyihasi o‘tkazildi.

Mazkur loyiha davomida deputat o‘z saylovchilari bilan uchrashib, ularning turmush sharoitlari, muammolari va takliflarini bevosita o‘rganishga e’tibor qaratdi. Uchrashuvlarda mahallalardagi mavjud infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport hamda ijtimoiy sohalardagi masalalar muhokama qilinib, amaliy yechimlar ishlab chiqildi.

Deputat Eldor Erkaboyev tashabbusi bilan ayrim murojaatlar joyida hal etildi, murakkab masalalar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, bandligini ta’minlash, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

“Deputat bilan bir kun” loyihasi aholining deputatlar bilan yaqin muloqotini ta’minlash, xalq vakillarining mas’uliyatini oshirish va ularning saylovchilar oldidagi hisobdorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 10