Boyovut tumanining "Ziyokor" mahallasida joylashgan 54-maktabda Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Jamila Allayorova hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidan saylangan deputat Nigora Sultonovalari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida ta’lim muassasasidagi sharoitlar, o‘quv jarayonining samaradorligi, o‘quvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, maktabning tashqi fasadi ta’mir talabligi ham aniqlandi.
Deputatlar o‘z takliflarini bildirib, maktabdagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni yanada yaxshilash, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilashga kelishib oldilar.