O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 17 martdagi KQ-89-V-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashi Majlisida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati xamda
xalq deputatlari maxalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar to‘g‘risida”gi qarori hamda tuman Kengashi raisining bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masallari" bo‘yicha doimiy komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tumanidagi mahallalar va mehnat jamoalarida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida
o‘rganish va uchrashuv o‘tkazuvchi ishchi guruxi, kalendar rejasi va ma’ruza tezislari tasdiqlandi. Joylarda
kalendar rejaga asosan belgilangan targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi