🏥 Deputatlik nazorati: 1-okrug deputati A. Saidahmedov tomonidan 17-sonli oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
📑Mazkur nazorat doirasida Zangiota tumanidagi 17-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🔰Dori vositalari ro‘yxatlari poliklinikada to‘liq shakllantirilgan, biroq hozirda ular faqat qog‘oz ko‘rinishida yuritilmoqda. Elektron ro‘yxatlar mavjud bo‘lsa-da, ular to‘liq faoliyat yuritmayapti.
🔬Tibbiy xizmatlarda UZI (ultratovush diagnostikasi) va ginekolog mutaxassislar yetishmasligi, shuningdek kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishdagi kamchiliklar poliklinika ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi.
✅O‘rganilgan muassasada "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida muayyan natijalarga erishilgan.
♻️Deputatlik nazorati davomida aniqlangan holatlar asosida tegishli tashkilot va mutasaddi idoralarga zaruriy tavsiyalar kiritiladi.