O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 23-sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Hozirgi kunda dunyoda xalqaro institutlarning o‘rni va roli zaiflashayotgani, qarama-qarshilik, nizo va urushlar bo‘layotgani, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va gumanitar inqirozlar ortib borayotgan sharoitda global masalalarni murosa yo‘li bilan hal etish uchun, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirishga chaqirdi.
O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylantirish qaroriga kelinib, strategik maqsadga erishildi.
Davlatimiz rahbari AQShdagi 30 ga yaqin yirik kompaniya rahbarlari bilan uchrashib, O‘zbekistonni rivojlantirish maqsadlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya - sarmoya kiritish uchun, huquqiy, siyosiy baza shakllanginini ta’kidladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini qisqartirishga erishilgani, ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirilayotgani, texnologik sanoat korxonalarini barpo etilayotgani, “yashil” energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilinayotgani, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirilayotgani natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilayotganini ta’kidladilar.
Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshib, oliy ta’lim bilan qamrov esa 42 foizga yetgani, mamlakatimizda inson kapitaliga e’tibor natijasidir. Mamlakatimiz barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga intilishini tasdiqlab, O‘zbekiston 2030-yilga borib “daromadi o‘rtadan yuqori” bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Prezidenti tobora sezilayotgan iqlim o‘zgarishi va suv resurslarining taqchilligi muammolariga ham alohida to‘xtaldi. Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlari jahon hamjamiyatining doimiy diqqat markazida bo‘lishi lozim.
– Biz Orolbo‘yi ekotizimini qayta tiklash bo‘yicha ishlarni davom ettirayapmiz. So‘nggi yillarda dengizning qurigan tubida 2 million gektar maydonda sho‘rga chidamli cho‘l o‘simliklari ekildi. 2030-yilgacha ushbu hududning 80 foiz qismida yashil qoplamalar hosil qilinadi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida O‘zbekiston barcha davlatlar bilan o‘zaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklik tarafdori ekani, xalqlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, umumbashariy maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishga doim tayyorligini ta’kidladi.
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashi 22-sonli Kaltaminor saylov okrugi deputati Masharipov Baxtiyar Ibadullayevich