Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashiga 9-Sayapir okrugidan saylangan deputat Fatima Seydabdullayeva 7-son maktabda bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi. Shuningdek, u yuqori sinf o‘quvchilari hamda nuroniy otaxon-onaxonlar ishtirokida “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida o‘tkazilgan kitobxonlik aksiyasida ham qatnashdi. Tadbir davomida kitobga mehr, mutolaa madaniyati va yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishga qaratilgan qiziqarli suhbatlar tashkil etildi.