Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Ilk rivojlanish markazi" o‘z faoliyatini boshladi.

Amudaryo tumanida ta’lim sohasida muhim yangilik – "Ilk rivojlanish markazi" o‘z faoliyatini boshladi. Bu markaz maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olinmagan bolalarni, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul ta’limga jalb qilishga qaratilgan. Ochilish marosimida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari ishtirok etishdi.

Markaz haqida:

Maqsad: “Kambag‘allik reestri”dagi va imkoniyati cheklangan 2-7 yoshli bolalarni bepul ta’lim bilan qamrab olish.

Qamrov: Dastlab 240 nafar bola, ikki smenada 4 soatdan shug‘ullanadi.

Inklyuziv ta’lim: Alohida parvarishga muhtoj bolalar uchun ham sharoit yaratilgan.

Ushbu markaz O‘zbekiston Prezidentining 330-sonli qarori asosida, Chimboy va To‘rtko‘l tumanlari bilan bir vaqtda ish boshladi. Kelgusida bunday markazlar butun mamlakat bo‘ylab ochilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 7