Uchrashuvda so‘z olgan deputatlar, O‘zbekistonda ayollar futboli ayollar o‘rtasida rivojlanib borayotgan sport turi hisoblanadi. So‘nggi yillarda tumanimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu jumladan, hududda ayollar futboliga bo‘lgan eʼtibor yana-da oshib bormoqda. Buni Boyovut tumani "Olmazor" mahallasi 8-maktab o‘quvchi qizlaridan tashkil topgan “Maftuna” jamoasi misolida ham ko‘rish mumkin. Ishonamizki, jamoa qizlar orasidan ham nafaqat viloyat, balki O‘zbekistonimiz sharafini munosib himoya qiladigan isteʼdodli futbolchi qizlar yetishib chiqadi.
Uchrashuv yakunida, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari hamda Boyovut tumani 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sporti maktabi rahbari S.Normatovlar yosh futbolchi qizlarning kelajakdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab esdalik sovg‘alari ulashdi.
Albatta ushbu yosh jamoani tashkil qilinishida murabbiy Nigora Ashurovaning xizmatlari beqiyos. Hozirgi kunda shogirdlari orasida bir nechtasiga professional jamoalardan takliflar kelib tushmoqda. Shuningdek yana bir shogirdi "CAFA 14 GIRLS'" musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini munosib himoya qilib sovrindorlar qatoridan joy olishida munosib hissasini qo‘shdi.