Joriy yilning 11-fevral kuni Chinoz tumanidagi 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida G‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy va Shoh va shoir, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan “Sharqning buyuk ikki dahosi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari Navoiy va Bobur g‘azallaridan, ruboiy va qit’alaridan, hikmatli so‘zlaridan yodlashdi.
Shuningdek, Izzat Sulton va Uyg‘un asari asosida “Navoiy va Guli”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida tayyorlangan sahna kòrinishlarini namoyish qilishdi. Kuy va qo‘shiqlar, jozibali raqslar tadbirga ko‘rk bag‘ishladi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova