Chinoz tumanida umumta’lim muassasalari obyektlarining sharoiti, moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Chinoz tumani “Kanalobod” MFY hududida joylashgan 36-sonli va 43-sonli maktablardagi xonalarining shart-sharoiti, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun qulay muhit yaratilganligi, shuningdek, pedagogik xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi.
O‘rganish davomida o‘quv xonalarining holati baholanib, mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularga yechim topish yo‘llari ko‘rib chiqdi.
Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar ta’lim sohasida kuchli nazoratni ta’minlash, shuningdek, muassasalarda ishlayotgan xodimlarning motivatsiyasini oshirish va ularga zarur yordam ko‘rsatish maqsadida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Alimjon Adilbekov