Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI. TARBIYAVIY SOATLARDA NURONIYLAR O‘GITI

  Chinoz tumani 21-o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinflari o‘quvchilariga “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik Kengashi a’zolari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Surayyo Axmedova, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni soxibasi Tanzila Allaberganovalar tarbiyaviy soat o‘tkazishdi. 

    Unda boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan nuroniylar o‘quvchi yoshlarga odob-axloq, kiyinish madaniyati, kitob o‘qish, telefondan foydalanish madaniyati, milliy qadriyatlar, Vatanni sevish va halollik kabi fazilatlar hamda oila muqaddasligi to‘g‘risida keng tushunchalar berib, insoniylik fazilatlarga undovchi ibratli hayotiy hikoyalardan so‘zlab berdilar.

    Shuningdek, yoshlarni turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirdilar. Farzandlarimizni ko‘proq bilim olishga undadilar.

Slide 1 of 3