Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI. XALQ DEPUTATLARI ChINOZ TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARNING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiylarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, Kengash kotibiyati mudiri va bosh mutaxassisilari, tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibida tuman Kengashi va doimiy komissiyalarning ish rejasiga asosan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. 

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan qabul qilingan Qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, tumandagi davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari o‘z hisobotlarini Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida tumandagi davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning tartibiga rioya qilgan holda Kengashga taqdim etishlari kerakligi ta’kidlab o‘tildi. 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov

Slide 1 of 5