Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, qozonxona holati va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida qozonxonaning texnik holati, isitish tizimining mavsumga tayyorligi, issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash hamda maktab hududida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida yakunlash, qozonxona va isitish tizimining sozligini ta’minlash, shuningdek, maktab hududini ozoda va tartibli saqlash muhimligini ta’kidladi.