Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Sh. G‘aniyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-martdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘z saylov okrugidagi G‘oliblar MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar hamda hududni rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar o‘rganildi. Ko‘tarilgan masalalarni ko‘rib chiqish, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash va deputatlik vakolatlari doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularda bayon etilgan masalalarning qonuniy, o‘z vaqtida va xolisona hal etilishiga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.