Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati G'.Sadikov nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarda aholiga xizmat ko‘rsatayotgan liftlarning texnik holati va ulardan foydalanish sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida liftlarning amaldagi holati, texnik xizmat ko‘rsatish ishlari, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Lift kabinalarining sanitariya holati, yoritish tizimining sozligi, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mas’ul tashkilotlarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3