#Bozorlardagi aholi istemoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi holati o'rganildi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 1-O'choqli saylov okrugi deputati K.Bayzakov nomidan tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan hududdagi bozorlarda aholi istemoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi holati o'rganildi.
🖋O'rganish jarayonida bozordagi sanitariya qoidalariga rioya etilishi, maxsulotlarning sifati, narx-navoning barqarorligiga e'tibor qaratildi hamda bozor ma'muriyatiga tumanimiz aholisini sifatli va arzon oziq-ovqat masulotlari bilan ta'minlash, fuqarolar uchun arzonlashtirilgan yaramarkalarda go'sht va go'sht mahsulotlari zaxirasini ko'paytirish, arzonlashtirilgan savdo shoxobchalarini ko'paytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!