🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP vakili Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Bo‘ston MFY raisi va ko‘cha boshilari bilan birgalikda mahallada ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganmoqda.
⚠️ O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan qabriston devorlari buzilib, yaroqsiz holatga kelib qolganligi yuzasidan murojaat bildirildi.
🤝 Mazkur muammoni hal etish va murojaatning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalasi o‘rganilmoqda.