📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Guliston MFY ayollar faoli faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📑 Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shovot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Jumaniyozova Saida Nuraddinovnaning 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti doirasida tashkil etildi.