Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabi kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida kutubxona imkoniyatlarini kengaytirish va o‘quvchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan kutubxona fondini yangi badiiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlari va mutolaa soatlarini tashkil etish, shuningdek, musiqa va san’at yo‘nalishlariga oid kitoblar sonini ko‘paytirish tavsiya etildi.
Maqsad — yoshlarning bilimini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash.