Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amaliy san’at to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va san’at ta’limi uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash deputat e’tiboridagi muhim yo‘nalishlardan biridir.