Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Kenjayev Shodlik mahallasida yashovchi fuqaro Shodmonqulova Xosiyatning murojaatiga e’tibor qaratdi.
Fuqaro farzandini parvarishlash nafaqasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tish maqsadida uni tegishli manzilga olib borishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
Deputat tashabbusi bilan fuqaroning murojaati e’tiborga olinib, uni sud-tibbiy ekspertizasiga olib borish uchun transport masalasi kelishildi va zarur tashkiliy yordam ko‘rsatildi.
MAQSAD — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH.
Bunday amaliy ko‘maklar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning kundalik qiyinchiliklarini yengillashtirish, zarur xizmatlardan foydalanishiga ko‘maklashish hamda fuqarolar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslikda muhim ahamiyat kasb etadi.