Mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, daromadlar va xarajatlar ijrosini ta’minlash hamda moliyaviy intizomga rioya etish hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi talablariga amal qilinishi alohida o‘rin tutadi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat H.Qudratov tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi ijrosi holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, budjet intizomiga rioya etish hamda moliyaviy jarayonlarning qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;
— Daromadlar va xarajatlar ijrosini muntazam tahlil qilib borish;
— Budjet intizomi hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
— Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi va o‘z vaqtida yuritilishiga e’tibor qaratish;
— Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash bo'yicha tavsiyalar berdi.
Maqsad — mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan mablag‘lar ijrosini takomillashtirish.
Doimiy komissiya tomonidan budjet qonunchiligi ijrosini o‘rganish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.