Yoshlar bandligini ta’minlash — ularning kelajakka ishonchini mustahkamlash, iqtisodiy mustaqilligini oshirish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishning muhim omilidir. Shu bois yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat H. Qudratov tuman Yoshlar ishlari bo‘limida bo‘lib, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
Muhokama davomida ishsiz yoshlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan ishsiz yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish;
- Yoshlarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
- Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
- Bandlik bo‘yicha mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish;
- Belgilangan vazifalar ijrosi va natijadorligini muntazam kuzatib borish bo'yicha tavsiyalar berdi.
Maqsad — yoshlar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish, ularning daromad manbalarini kengaytirish va iqtisodiy faolligini oshirish.