Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
“CHUQURSOY” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI: III CHORAK HISOBOTLARI TINGLANDI

“CHUQURSOY” MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI: III CHORAK HISOBOTLARI TINGLANDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 13-«Gulsaroy» saylov okrugi deputati Axmedova Dilorom Ilxamovna tomonidan «Chuqursoy» mahalla fuqarolar yig‘inida «Mahalla yettiligi» a’zolarining 2026-yil III choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

📝 Hisobotlar davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘maklashish yo‘nalishlaridagi faoliyat ko‘rib chiqildi.

🔹 Mahalla raisi — Sulaymonova Ozodaxon Ro‘ziyevna mahallani rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
🔹 Hokim yordamchisi — Mardonov Rustam Asqar o‘g‘li aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar haqida hisobot berdi.
🔹 Profilaktika inspektori — Qurbonov Sherdor Xusanovich mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish masalalariga to‘xtaldi.
🔹 Xotin-qizlar faoli — Muxamedova Muhayyo Mustafoyevna xotin-qizlar bandligini ta’minlash, «Ayollar daftari» bilan ishlash, oilaviy muammolarni o‘rganish va ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berdi.
🔹 Ijtimoiy xodim — Xalimova Muslima Manzurjonovna ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar haqida hisobot taqdim etdi.
📈 Statistik ko‘rsatkichlar va natijalar
Hisobotlarni tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratildi:
▪️ aholidan kelib tushgan murojaatlar va ularning hal etilish holati;
▪️ ishga joylashtirilgan fuqarolar va qo‘llab-quvvatlangan tadbirkorlar soni;
▪️ «Ayollar daftari» bilan ishlash natijalari;
▪️ profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilgan ishlar;
▪️ ijtimoiy xizmatlardan foydalangan ehtiyojmand fuqarolar soni.

📌 Deputatlik nazorati doirasida hisobotlarda qayd etilgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yechimlariga e’tibor qaratildi. Mahalladagi ishlar samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda «Mahalla yettiligi» a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhim vazifalar sifatida belgilandi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5