Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
“KATTA JARARIQ” MAHALLASIDA DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI BOLALAR MAYDONCHASI BARPO ETILMOQDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ “KATTA JARARIQ” MAHALLASIDA DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI BOLALAR MAYDONCHASI BARPO ETILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanakulov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Katta Jarariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi murojaatlari asosida barpo etilayotgan yangi bolalar o‘yin maydonchasining qurilish jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📁 Ma’lumki, avvalroq mahalla aholisi, xususan, yosh oilalar tomonidan farzandlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsiz o‘ynashi va dam olishi uchun zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish yuzasidan murojaatlar bildirilgan edi. Deputat Umid Sanakulov tashabbusi bilan mazkur murojaatlar amaliy yechim topib, hududda yangi o‘yin maydonchasini qurish ishlari boshlandi.

🔎 O‘rganish davomida deputat qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda maydonchada bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

⚙️ Xususan, pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, zamonaviy talablar va xavfsizlik me’yorlariga qat’iy rioya qilish, maydonchani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🔺 Yangi maydoncha foydalanishga topshirilgach, mahalladagi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ochiq havoda faol dam olishi, tengdoshlari bilan muloqot qilishi hamda jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi kutilmoqda.

🌳 Shuningdek, mazkur tashabbus mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylar atrofida qulay yashash muhitini shakllantirish hamda yosh oilalar va farzandlar uchun zamonaviy dam olish maskanlarini ko‘paytirish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

♻️ Tashrif davomida deputat Umid Sanakulov mahalla faollari va aholi vakillari bilan ham bevosita muloqot qildi. Unda hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda mahallani yanada obod qilishga qaratilgan takliflar tinglandi.

🗣 Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

📋 Mazkur tashabbus mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi, xususan, mahallalarda bolalar va yoshlar uchun sport hamda dam olish infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, hududlarni obodonlashtirish va aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

⚖️ Deputatlik nazorati doirasida qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, aholi murojaatlari asosida boshlangan tashabbuslarning amaliy natijaga aylanishi fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.

🤝 Deputat Umid Sanakulov mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, yosh avlodning sog‘lom voyaga yetishini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining kundalik turmush sharoitlarini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

💡 Aholi murojaatidan amaliy tashabbus sari — mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday ishlar bolalar uchun munosib sharoit yaratish va hududlar obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4