👤 Deputat: Dosova Gulxumar Kuranbayevna 📥 Kimga: Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari M. Qurbanovga 📅 Sana va raqam: 19-oktyabr, 2026-yil | № 159-ds-448-26
📍 MUAMMO VA MAVJUD HOLAT:
Shovot tumani “Asavey” mahallasi 9-May ko‘chasi kuz-qish mavsumida foydalanish uchun noqulay ahvolda.
Ushbu ko‘chada 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan.
Yog‘ingarchilik davrida yo‘lning yomonligi tarbiyalanuvchilar, ota-onalar va aholi harakatlanishiga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda.
🛠 DEPUTAT TAKLIFI VA TALABI: 1️⃣ “Asavey” mahallasi 9-May ko‘chasiga mayda tosh (shag‘al) yotqizish ishlarini amalga oshirish. 2️⃣ Ushbu masalani kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tegishli manzilli ro‘yxat va ish rejalarga kiritish. 3️⃣ Fuqarolar va bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitini yaratish.
⚖️ HUQUQIIY ASOS VA MUDDAT:
Javob berish muddati: Qonunchilikka ko‘ra 10 kun ichida.
Eslatma: Deputat so‘rovini ko‘rib chiqmaslik yoki yolg‘on ma’lumot berish BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi (MJtK 193-modda).
📞 Aloqa: 90-578-98-89