Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatining ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori hamda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-22-24-9-123-K/26-son qarori ijrosi doirasida Navbahor mahallasida aholi tomorqalari va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish, sug‘orish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish ishlari Kengash kotibiyati mudiri X.Berdiyarova boshchiligida, doimiy komissiya raisi X.Shayimova, Navbahor mahallasi hududi deputati J.Raxmonqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sharopov, Sh.Suvankulovlar ishtirokida tashkil etildi.

📊 18 milliard so‘m — “og‘ir” toifadagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish uchun!
Boyovut tumanidagi “Og‘ir mahalla” dasturiga kiritilgan Madaniyat, Muqimiy, Navbahor, Sohil, Uchturgon va Yangiobod mahallalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2026-yilda davlat budjetidan jami 18,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Shundan:
12,0 milliard so‘m — Respublika budjetidan;
3,0 milliard so‘m — viloyat budjetidan;
3,0 milliard so‘m — mahalliy budjetdan.
Mazkur mablag‘lar hisobidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash, elektr ta’minotini rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash va boshqa zarur loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
📍 Navbahor mahallasida sug‘orish tizimini yaxshilashga qaratilgan loyihalar
Dasturga muvofiq, mahalladagi 90 ta xonadonning jami 50 gektar tomorqa yer maydonini oqova suv bilan ta’minlashni yaxshilash hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.
Ushbu maqsadda quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:
🔹 1 ta tik quduq qurish — tomorqa yerlarini sug‘orish uchun qo‘shimcha suv manbaini yaratish;
🔹 1 ta quyosh panelli suv nasosini o‘rnatish — suv chiqarish jarayonida energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish;
🔹 1,3 kilometr ariqlarni betonlashtirish — suv yo‘qotishlarini kamaytirish va sug‘orish samaradorligini oshirish.

O‘rganish jarayonida belgilangan ishlarning ijrosi, sug‘orish infratuzilmasining aholi ehtiyojlariga mosligi va loyihalarning tomorqa yerlaridan samarali foydalanishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati tomonidan dastur doirasidagi loyihalar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ishlarning natijadorligi ustidan deputatlik nazoratini olib borish davom ettiriladi.

Slide 1 of 5