Bahoriston mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan amaliy muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda tumani Kengashi deputati R. Ismoilova “Bahoriston” mahallasida bo‘lib, hududda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning holati va natijadorligini atroflicha o‘rgandilar.
Tashrif doirasida mahalla ijtimoiy xodimi A. Abdullayevning aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda mahalla drayverlarini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.
Muloqot davomida hududdagi ijtimoiy muhit, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar va infratuzilmaga oid mavjud muammolar atrofida atroflicha fikr almashinildi. Bildirilgan murojaat va muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni har taraflama qo‘llab-quvvatlash hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.