🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Sh.Toʻraqulova Oʻzbekobod mahallasida boʻlib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va oʻz vaqtida toʻlab berish jarayonlari joyiga chiqib oʻrganildi.