🔹 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari I.Egamberdiyev va S.Shokirova tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari hamda ularning atrofidagi hududlarning sanitariya holati, tozaligi va yoritilish darajasi atroflicha o‘rganildi.
🔹 O‘rganish jarayonida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, hududlarni obodonlashtirish hamda tungi yoritishni yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.