Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, Qonunchilik palatasi deputati A. Eshboyev hamda Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripovlar hamkorlikda deputatlik nazorati tadbirini o‘tkazdilar. 

Nazorat tadbiri davomida “Katta Vaxshivor” mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasining “Vaxshivor” filialida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tadbir yakunida mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 

Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyatiAxborot xizmati   

Slide 1 of 10