Boyovut tumani "Markaz" mahallasida joylashgan 42-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, xususan, deraza romlarini yangilash jarayoni 12-Boyovut saylov okrugi deputati Salohiddin Kuldashov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Jarayon davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, o‘rnatilayotgan deraza romlari hamda olib kelinayotgan oynalarning mustahkamligi va talab darajasiga mosligi alohida nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, pudratchi tashkilot mas’ullariga ishlarni belgilangan standartlar asosida, sifatli va o‘z muddatida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.