Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuv davomida tadbirkor tomonidan tashkil etilgan issiqxona (parnik) xo‘jaligi faoliyati o‘rganilib, unda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — pomidor, bodring, kartoshka hamda bulg‘or qalampiri kabi sabzavotlarning parvarishi, hosildorlik darajasi va yetishtirish jarayonlari bilan tanishildi.

️Shuningdek, issiqxona xo‘jaligida yaratilgan sharoitlar, qo‘llanilayotgan agrotexnik usullar hamda mahsulotlarni realizatsiya qilish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3