Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev Urganch innovatsion universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor hamda yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan ma’lumotlar berish bilan bir qatorda bitiruvchi yoshlarning innovatsion g'oyalari, startap loyihalari va tadbirkorlik tashabbuslari tinglandi.
Deputat P.Ro‘ziboyev yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhimligini ta’kidlab, innovatsiyalar va yangi texnologiyalar har qanday hudud iqtisodiyotining o‘sishiga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va fuqarolarning hayot darajasini yaxshilashga xizmat qilishini bildirdi.
Deputat yoshlarni innovatsion tadbirkorlik va ilmiy faoliyatda faol bo‘lishga chaqirib, ularning bilim va tajribalarini o‘zlari yashayotgan hududlarini rivojlantirishga qaratishda Kengash va hokimiyat organlari bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.