“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi № O‘RQ-363-son Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, deputatlar ishtirokida jamoatchilik nazorati tizimi asosida ushbu qonun talablarining amaliyotda qay darajada bajarilayotganini o‘rganish vazifasi belgilangan edi.
➡️ Mazkur vazifa doirasida tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda o‘rganishlar olib borildi. O‘rganish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar, chiqindilarni boshqarish holati, ekologik talablarga rioya etilishi hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ko‘zdan kechirildi.
➡️ Fuqarolarning ekologik masalalar bo‘yicha murojaatlari, jamoatchilik nazoratining yo‘lga qo‘yilganlik darajasi va aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarning izoh va takliflari tinglandi.
➡️ O‘rganishlar yakunida qonun ijrosini yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda jamoatchilik nazoratini faollashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Shuningdek, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi № O‘RQ-363-son Qonuni muhokamasi navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilandi.