Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashidan saylangan deputatlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mutasaddilari hamda mahalla raisi ishtirokida maktabning eski binosidan foydalanish tartibi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida bino holati, uning mahalla ehtiyojlari hamda tadbirkorlik subyekti bilan tuzilgan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud vaziyat atroflicha muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan kelishuvga erishildi.