Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 11-Muqimiy saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Jumanazarov 12-maktabda bo‘lib, ta’lim maskanidagi isitish tizimining ta’mirlash jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Uchrashuv davomida:

✔️ Isitish tizimidagi mavjud kamchiliklar ko‘zdan kechirildi;

✔️ Ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan texnik talablar bilan tanishildi;

✔️ O‘quvchilarning qish mavsumida yaxshi ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Deputat mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 3