Yangiliklar

Boyovutlik deputatlar bugun Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Boyovutlik deputatlar bugun Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Tashrif davomida deputatlar Markazning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, unda jamlangan qo‘lyozmalar, nodir manbalar, islom olamining buyuk allomalari hayoti va ilmiy merosiga oid interaktiv ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, deputatlarga Oʻzbekiston hududida shakllangan boy islom tarixi, ajdodlarimizning ilm-fan, falsafa, adabiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif jarayonida Markaz faoliyati mahalliy kengash deputatlari tomonidan yuqori baholanib, yosh avlod tarbiyasida bunday ma’naviy-ma’rifiy maskanlarning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 9