Yangiliklar

Ayni daqiqalarda Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan "Deputat tashabbuskorligi va faolligi – yashil taraqqiyot va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim omil!" shiori ostida Deputatlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari A.Xamzayev, fraksiya rahbari o‘rinbosari O.Raximov, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi J.Ashurov siyosatshunos-ekspertlar hamda Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlaridan mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etmoqda.

Slide 1 of 3