Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman kengashi deputati Jumanazarov Olimjon tomonidan tumandagi 18- va 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati o‘rganildi.

⏩ Tashrif davomida bolajonlarning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi, tarbiyachilarning faoliyati, shuningdek, sanpin me’yorlariga muvofiq tarzda tashkil etilgan ovqatlanish jarayoni ham atroflicha o‘rganildi. Deputat tomonidan tarbiyalanuvchilarga taqdim etilayotgan taomnoma sifati, olingan oziq-ovqat sinamalari holati va ularning sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratildi.

⏩ Shuningdek, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘zdan kechirilib, isitish tizimining texnik holati, binolarning issiqlik saqlash darajasi, gigiyena va xavfsizlik talablariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

⏩ O‘rganish yakunida deputat tomonidan aniqlangan ijobiy jihatlar bilan bir qatorda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7